Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 29-noyabr

Bu siyosat forum.algorizm.uz forumi (keyingi o'rinlarda — «forum») qanday shaxsiy ma'lumotlarni to'plashi, ulardan nima uchun foydalanishi va sizning huquqlaringizni tushuntiradi. Ma'lumotlarni Algorizm loyihasi O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlaydi. Aloqa: [email protected].

1. Qanday ma'lumotlarni to'playmiz

Hisob ma'lumotlari. Foydalanuvchi nomi, email manzili va parol. Parolning o'zi saqlanmaydi, faqat uning bcrypt xeshi saqlanadi. GitHub orqali kirsangiz, GitHub hisobingiz raqami (ID), nomi va email manzili olinadi.

Sozlamalar. Interfeys tili va email bildirishnomalari yoqilgan yoki yo'qligi.

Forumdagi faollik. Xabarlaringiz va ularning tahrirlari, layklar, shikoyatlar, sizga kelgan bildirishnomalar, ro'yxatdan o'tgan va oxirgi marta kirgan vaqtingiz.

Texnik ma'lumotlar. Forum IP manzilingizni faqat xotirada, qisqa vaqt ushlab turadi: urinishlar sonini cheklash (spam va parol tanlashga qarshi) va mavzu ko'rishlarini sanash uchun. IP manzil ma'lumotlar bazasiga yozilmaydi. Veb-server texnik jurnallarida (IP manzil, so'ralgan sahifa, brauzer turi) xavfsizlik va nosozliklarni topish uchun qisqa muddat saqlanadi.

Biz analitika, reklama yoki kuzatuv xizmatlaridan foydalanmaymiz.

2. Ma'lumotlardan nima uchun foydalanamiz

  • hisobingizni yuritish va sizni tanib olish;
  • email yuborish: manzilni tasdiqlash, parolni tiklash va javob yoki eslatmalar haqida bildirishnomalar (bildirishnomalarni sozlamalarda o'chirish mumkin);
  • forumni spam, suiiste'mol va hujumlardan himoya qilish;
  • moderatsiya va shikoyatlarni ko'rib chiqish.

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.

3. Kim nimani ko'radi

  • Hamma uchun ochiq: foydalanuvchi nomingiz, xabarlaringiz, ro'yxatdan o'tgan sanangiz, xabarlar va layklar soni.
  • Faqat moderatorlar va administratorlar: email manzilingiz. U boshqa foydalanuvchilarga ko'rsatilmaydi.

Forum faqat ishlashi uchun zarur cookie fayllardan foydalanadi:

Nomi Nima uchun Muddati
sessiya hisobingizga kirganingizni eslab qolish 60 kun
csrf formalarni soxta so'rovlardan himoya qilish 1 yil
til tanlangan interfeys tili 1 yil
rang tanlangan ko'rinish: yorug' yoki qorong'i 1 yil
xabar amal natijasi haqidagi qisqa xabar 1 daqiqa
gh_holat GitHub orqali kirishni xavfsiz yakunlash 10 daqiqa

Uchinchi tomon cookie fayllari va skriptlari yo'q.

5. Ma'lumotlarni kimga beramiz

Forum ishlashi uchun quyidagi xizmatlardan foydalanamiz; ular ma'lumotlarni faqat shu xizmatni ko'rsatish uchun oladi:

  • Brevo — emaillarni yetkazadi: email manzilingiz va xat matnini oladi;
  • GitHub — faqat GitHub orqali kirsangiz, sizni tanib olish uchun;
  • Cloudflare — sayt trafigini yetkazadi va hujumlardan himoya qiladi: IP manzil va so'rov ma'lumotlarini ko'radi;
  • xosting provayderi — forum ishlaydigan server.

Bu xizmatlar ma'lumotlarni O'zbekistondan tashqarida qayta ishlashi mumkin. Qonun talab qilgan hollardan tashqari, ma'lumotlaringizni boshqa hech kimga bermaymiz.

6. Qancha vaqt saqlaymiz

  • Hisob ma'lumotlari — hisobingiz yopilguncha.
  • Kirish sessiyasi — 60 kun yoki chiqqaningizgacha.
  • Email tasdiqlash havolasi — 48 soat, parol tiklash havolasi — 1 soat.
  • Zaxira nusxalarda o'chirilgan ma'lumotlar zaxira almashtirilguncha qolishi mumkin.

7. Sizning huquqlaringiz

Siz quyidagilarni so'rashingiz mumkin:

  • siz haqingizda qanday ma'lumot saqlanayotganini bilish va nusxasini olish;
  • noto'g'ri ma'lumotni tuzatish (ko'pini o'zingiz sozlamalarda o'zgartirasiz);
  • hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirish;
  • ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish (bu hisobni yopishni bildiradi).

Buning uchun ro'yxatdan o'tgan emailingizdan [email protected] manziliga yozing. 30 kun ichida javob beramiz.

8. Xavfsizlik

Forum faqat HTTPS orqali ishlaydi. Parollar bcrypt bilan xeshlanadi, kirish sessiyalari va havolalar tokenlari ham bazada xesh holida saqlanadi. Shunday bo'lsa-da, internetda hech bir tizim to'liq xavfsiz emas.

9. Bolalar

Forum 16 yoshdan kichiklarga mo'ljallanmagan. Yoshroq foydalanuvchilar faqat ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan ro'yxatdan o'tishi mumkin. Farzandingiz roziligingizsiz ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, bizga yozing — hisobni o'chiramiz.

10. O'zgartirishlar

Bu siyosatni o'zgartirishimiz mumkin. Yangi matn shu sahifada, yangi sana bilan e'lon qilinadi; muhim o'zgarishlar haqida «E'lonlar» bo'limida ham xabar beramiz. Siyosat boshqa tillarga tarjima qilingan; farq bo'lsa, o'zbekcha matn asos bo'ladi.

Foydalanish shartlari